Asosiy mazmunga o‘tish
Samarqand · dasturiy mahsulotlar studiyasi

Fikrdan ishlaydigan mahsulotgacha.

Universitetlar, o‘quv markazlari, klinikalar va restoranlar uchun dasturiy tizimlar. Bitta mustahkam poydevor — har bir mijoz uchun o‘zining biznes mantig‘i. Joriy etamiz, kuzatamiz, yillar davomida qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ishlab turgan mahsulot
9
Interfeys tili
3
Imtihon savollari bazasi
27 887

Mahsulotlar

Mahsulotlar real mijozlarda ishlab turibdi; yangilari ham shu poydevorda quriladi. Yangi mijoz uchun tizim kunlar ichida ishga tushadi.

Universitetlar
Sayt, talaba va o‘qituvchi portali, administrator paneli — bitta tizimda.
  • Talabalar HEMIS ID orqali kiradi
  • 100+ fan, ~2 400 dars, 3 tilda
  • Har daqiqada monitoring, kunlik zaxira nusxa
Imtihon markazlari
Auditoriyada internetsiz, IELTS formatida, nomzodning o‘z tilida.
  • IELTS, YADAK, fan olimpiadalari, magistratura
  • 45 fan bo‘yicha 27 887 savol
  • Birorta javob yo‘qolmaydi
Til markazlari
Arizalar, guruhlar, to‘lovlar va kadrlar — bitta oynada.
  • Filiallar bo‘yicha hisobot
  • Nomzod hisoboti kod orqali
  • Imtihon markazi bilan bog‘langan
Universitetlar
O‘quv yuklamasini kafedralar va o‘qituvchilar bo‘yicha taqsimlash.
  • Ikki kampus, bitta hisob
  • Har o‘zgarish tarixda
  • Dekan va kadrlar uchun alohida ko‘rinish
Universitetlar
O‘qituvchilarni nizom bo‘yicha baholash.
  • Ommaviy o‘qituvchi profili
  • Ball jadvali nizomdan
  • Dalillar yuklanadi, komissiya tasdiqlaydi
Universitetlar · kollejlar
Ishga qabul va xodimlar bazasi.
  • Vakansiya va nomzodlar
  • Hujjatlar bir joyda
  • Rekruter va direktor uchun alohida panel
Universitetlar · klinikalar
QR-kodli jihozlar hisobi — telefondan.
  • Xona bo‘yicha inventarizatsiya
  • Mas‘ul shaxs va imzo
  • Yorliqlar bir standartda
Restoranlar
Restoran daftari: kunlik kassa, foyda va zarar.
  • Kassa solishtiruvi har kuni
  • Hamkorlar va ulushlar
  • iiko’dan savdo importi
MaktablarYangi
Rasmiy darslik asosida interaktiv darslar — o‘zbek va rus tillarida.
  • Algebra 9, I bob to‘liq: 12 paragraf, 124 mashq
  • Darslik bilan birga, darslik kabi
  • Xususiy maktablar uchun

Biz haqimizda

Universitetlar, til va o‘quv markazlari, imtihon markazlari, maktablar va restoranlar uchun ishlab turgan dasturiy mahsulotlar. Har bir mahsulot real mijozda ishlaydi; raqamlar ishchi tizimlardan olingan.

Kimga qaysi mahsulot

Segmentlar va ularda bugun ishlayotgan mahsulotlar.

Universitetlar va institutlar

HEMIS orqali kirishli sayt va o‘qitish; fan imtihonlari va olimpiadalar; o‘quv yuklamasini taqsimlash; nizom bo‘yicha o‘qituvchilarni baholash; ishga qabul va xodimlar bazasi; QR-kodli jihozlar hisobi.

Til markazlari

Arizalar, guruhlar, to‘lovlar va kadrlar bitta tizimda; auditoriyada internetsiz IELTS sinovi, YADAK va til yo‘nalishlari; nomzod hisoboti kod orqali.

Maktablar va imtihon markazlari

Rasmiy darslik asosida interaktiv darslar va mashqlar; bloklangan ekranda imtihon, PIN-kodli nazoratchi, birorta javob yo‘qolmaydi; telefondan xonalar inventarizatsiyasi.

Klinikalar va ofislar

QR-kodli jihozlar hisobi: har bir jihozda yorliq, mas’ul shaxs va imzo, telefondan xonama-xona inventarizatsiya.

Restoran va kafelar

Kundalik kassa solishtiruvi, me’yorli foyda va zarar hisoboti, ish haqi fondi, hamkorlar kartalari, foyda ulushlari; iiko’dan savdo importi.

Alohida dasturlar emas — bitta portfel

Mahsulotlar orasida allaqachon ishlayotgan uchta bog‘lanish.

Zarmed LMS ↔ Exam Center

Imtihon savollari bazasi

Universitet sayti talabalarga imtihon tizimining haqiqiy bankini ko‘rsatadi: 45 fan, uch tilning har birida 27 887 savol — faqat savollar, javobsiz, kuniga bir marta yangilanadi. Savollar muharririda «saytda ko‘rsatish» tugmasi bor, imtihon platformasi esa LMS savol fayllarini bevosita o‘qiydi.

Innovative CRM ↔ Exam Center

IELTS mock-imtihon hisobotlari

Topshirish natijalari imtihon tizimidan CRMga avtomatik keladi (faqat o‘qish — CRM nomzod javoblarini o‘zgartira olmaydi). Speaking CRMda kiritiladi, tuzatishlar tarixli yangi hisobot versiyalarini yaratadi, nomzod hisobotni markaz saytida kod orqali ochadi. IELTS band jadvallari ikkala mahsulotda bir xil.

Taqsimot + KPI + Kadrlar portali

Bitta universitet uchun oila

Bitta universitet va uning kadr jarayonlari uchun qurilgan uchta mustaqil mahsulot: bosqichma-bosqich tasdiqlashli o‘quv yuklamasi taqsimoti, ichki nizom bo‘yicha o‘qituvchilarni baholash, ishga qabul va xodimlar bazasi. Har birida — serverda tekshiriladigan o‘z rollari va o‘z o‘zgarishlar jurnali; interfeys o‘zbek tilida.

Qanday ishlaymiz

Bizning usulimiz oddiy: kam narsani qayta qurish, ko‘p narsani mijoz uchun qilish.

Bitta poydevor

Kirish, jadvallar, dizayn, joylashtirish — hammasi sinalgan umumiy poydevorda. Har bir mahsulotda faqat mijozning o‘z mantig‘i yoziladi. Shuning uchun tez, ishonchli va arzon.

Yaxshilanish so‘ralmaydi — qilinadi

Kerakli tuzatishni ko‘rdikmi — qilamiz, tekshiramiz, joylaymiz, keyin aytamiz. Mijoz har bir kichik ish uchun ariza yozib o‘tirmaydi.

Ko‘rib turamiz

Har bir tizim doim kuzatuvda: ishlayaptimi, qanchalik foydalanilmoqda, qayerda qiynalmoqda. Muammoni mijozdan oldin ko‘ramiz va bartaraf etamiz.

Kim uchun

Universitetlar va institutlar

LMS, imtihonlar, yuklama, KPI, kadrlar, inventar — bitta hamkordan.

Til va o‘quv markazlari

CRM va imtihon markazi: arizadan sertifikatgacha.

Maktablar

Rasmiy darslik asosida interaktiv darslar va mashqlar.

Klinikalar va restoranlar

Jihozlar hisobi, kassa daftari, xodimlar.

Bog‘lanish

Qisqa suhbat — va biz sizning muammoingizni tushunamiz. Ko‘pincha yechim allaqachon bor.

Telegram
@avada_uz
Shahar
Samarqand, O‘zbekiston